Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp Nobel mukofotini olishi kerakmi?

Tramp Nobel mukofotini olishi kerakmi?

Amerika prezidenti Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo‘lishi kerak. Bu haqda AQSh rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi OʼBrayan aytib o‘tdi, deb yozadi The Hill.

OʼBrayan Tramp Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlardagi diplomatik siljish tufayli mukofotga munosib ekanligini tushuntirdi. Bir kun oldin AQSh prezidenti yuqorida aytib o‘tilgan mamlakatlar rasmiylari munosabatlarni to‘liq normallashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishganini e’lon qilgandi. Ta’kidlanishicha, Isroil va BAA delegasiyalari sarmoya, turizm, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar, xavfsizlik, telekommunikasiya, texnologiya va boshqa sohalarda ikki tomonlama shartnomalarni imzolash uchun uchrashishga kelishib olishgan. AQSh rahbari buni "katta muvaffaqiyat va Isroil va BAA o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi", deb atadi.

Kiritildi: 18:03 14.08.2020. O'qildi: 1903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!