Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

 Tramp nega tibbiy niqob taqmasligini aytdi

 Tramp nega tibbiy niqob taqmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp nima uchun koronavirusdan himoyalanish uchun himoya niqobi taqmasligiga izoh berdi.

“Bilasizmi, Oval kabinetda bejirim, buyuk Rezolyut stoli ortida o‘tirish va prezidentlar, bosh vazirlar, diktatorlar, qirollar, qirolichalar bilan niqob taqib olib salomlashish.... bu men uchun emas.  

Bu shunchaki tavsiya. O‘zimni yaxshi his qilpyaman. Shunchaki niqob taqishni xohlamayman”, dedi u.

Tramp shu bilan birga, kelgusida bu borada fikrini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

Tibbiyot niqoblari koronavirusdan himoyalanishda yordam berish-bermasligi borasidagi bahslar anchadan beri davom etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, niqobni faqat aksirayotgan yoki yo‘talayotgan yoxud koronavirus infeksiyasini yuqtirishda gumonlangan insonga yordam berayotganlargina taqishlari lozim.

Kiritildi: 21:03 04.04.2020. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!