AQSh prezidenti Donald Tramp muntazam ravishda koronavirus infeksiyasining bor-yo‘qligi tekshiruvidan o‘tkaziladi, shu sababli u himoya niqobini taqmaydi.
Bu haqda Oq uy ma’muriyati rahbari Mark Midous aytib o‘tdi.
“Prezident Amerikadagi eng ko‘p (virus uchun) sinovdan o‘tgan odam. Men esa, ehtimolki, ikkinchiman”, deya ta’kidlagan Midous.
Aytish joizki, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Amerika rahbari niqobda jamoatchilik oldida faqat bir martagina paydo bo‘lgan.