Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp NATO “kelajagi uchun yomon” bo‘lishini aytdi

Tramp NATO “kelajagi uchun yomon” bo‘lishini aytdi

Tramp ittifoqchilar AQShga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qamaldan chiqarishda yordam bermasa, NATO “kelajagi uchun yomon” bo‘lishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar Fors ko‘rfaziga mina tozalovchi kemalarni yuborishi kerak, chunki Yevropada bunday kemalar Qo‘shma Shtatlarga qaraganda ko‘proq. Shuningdek, Eronning dron operatorlarini zararsizlantirish uchun maxsus kuchlar ham yordam berishi lozim.

"Biz NATO'ga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo‘ldik. Biz ularga Ukraina bo‘yicha yordam berishga majbur emas edik. Ukraina bizdan minglab kilometr uzoqda, ammo biz yordam berdik. Endi esa ular bizga yordam beradimi-yo‘qmi, ko‘ramiz. Men anchadan beri biz ularga ko‘mak berishimizni, ammo ular bizga yordam bermasligini aytib kelaman. Ular yordamga kelishiga ishonchim komil emas", — dedi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 16:24. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!