Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp muzokaralarda Putinga yon bosganmi?

A A A
Tramp muzokaralarda Putinga yon bosganmi?

Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida bayonot berar ekan, hech qanday yon bosishlar bo‘lmaganini bildirdi. Lekin u muhokamalar jarayoniga oid aniq detallar haqida ma’lumot bermagan. Bu haqida Reuters xabar tarqatdi.

U ikki rahbar asosan kelajakda har ikki mamlakat foydasi haqida gaplashganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, bundan oldin ham Tramp Xelsinkidagi sammitga to‘xtalib o‘tib, Vladimir Putin bilan bir qator masalalar, jumladan, Shimoliy Koreyani denuklerizasiya qilish, Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonlari va kiberhujumlar mavzulari ko‘rib chiqilganini qayd etib o‘tgandi. Biroq tafsilotlarni to‘liq keltirmagandi.

Rossiya rasmiylari RF rahbari AQSh prezidenti bilan muzokaralarda Ukraina mojarosi yuzasidan aniq taklif bilan chiqqanini ma’lum qilishdi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa ular Suriya inqirozini muhokama qilishganini ta’kidlagandi.

Manba:xs.uz

Kiritildi: 11:48 25.07.2018. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik