Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tramp mis importiga 50 foizlik boj joriy qildi

Tramp mis importiga 50 foizlik boj joriy qildi

Yaqin vaqtda dori-darmon va chiplar import bojlari ham oshirilishi mumkin, deya bayonot berdi AQSh prezidenti.

AQSh prezidenti Donald Tramp mis importi uchun 50 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida aytib o‘tdi. Shuningdek, yaqin orada yarimo‘tkazgichlar va farmasevtika mahsulotlariga ham qo‘shimcha bojlar qo‘llanishi kutilmoqda.

Trampning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqiga bojxona tariflari yuzasidan rasmiy xat yuborilishiga bir necha kun qoldi. «Men misga bojni 50 foizga chiqaramiz, deb o‘ylayapman», — dedi u.

Ushbu bayonotlardan so‘ng Nyu-Yorkda mis narxi 10,87 foizga oshib, 1 funt uchun 5,6 dollarga yetdi. Qisqa muddat ichida esa narx 5,88 dollargacha ko‘tarildi. Bu ko‘plab sohalarda, jumladan, elektromobillar va harbiy texnika ishlab chiqarishda foydalaniladigan metall uchun rekord daraja hisoblanadi. Keyinchalik narxlar biroz pasayib, o‘sish sur’ati 8 foiz atrofida to‘xtadi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Tramp dori-darmonlar importiga 200 foizlik boj qo‘llash bilan tahdid qilgach, AQSh farmasevtika kompaniyalari aksiyalari qiymati pasaydi.

Tramp ma’muriyati aprel oyida ayrim mamlakatlar uchun bojlar miqdorini oshirgan, shundan so‘ng “90 kunda 90 bitim” tuzishni va’da qilgan edi. Hozirgacha AQSh Britaniya va Vyetnam bilan kelishuvga erishgan. Hindiston bilan bitim tuzish ham yaqinlashmoqda.

Bundan tashqari, Tramp 9-iyul kuni kamida yettita bojxona tarkibidagi hujjatni e’lon qilishini aytdi. Qo‘shimcha ravishda, Malayziya, Janubiy Afrika, Laos va Myanmaga 25–40 foiz oralig‘idagi yangi bojlar belgilanmoqda.

Kiritildi: 18:25 09.07.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!