AQSh senatori Kris Myorfi Donald Tramp hali hech kim Amerika Prezidenti qilmagan ish – milliy xavfsizlik sirlarini BAAga sotganini da’vo qildi.
Uning aytishicha, Trampning oilasiga kamida 187 mln dollar miqdorida yashirin to‘lov, uning Yaqin Sharq bo‘yicha eng yuqori maslahatchisi oilasiga kamida 31 mln dollar to‘lov bo‘lgan.
“Bu – korrupsiya. Bular pora berishning barcha alomatlari. Bu potensial jinoiy harakat. Respublikachilar prezident ularning partiyasidan bo‘lgani uchun bu korrupsiyaga qarshi hech narsa qilmasligi mumkin. Hozircha Tramp va uning do‘stlari bu jinoyatlar va bu korrupsiya bilan jazodan qutulib qolishi mumkin. Ammo tez orada davlat xizmatidan shaxsiy manfaat uchun foyda ko‘rganlarning barchasi qamoqqa olinadi”, degan senator.