AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy muxbirlari assosiasiyasining Washington Hilton mehmonxonasidagi qabulxonasida otishma uyushtirgan shaxs hibsga olinganini e’lon qildi.
Tramp bu xabarni Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasiga joylashtirdi.
"Otishma uyushtirgan shaxs hibsga olindi va men shouni davom ettirishga ruxsat berishni tavsiya qildim, lekin men huquqni muhofaza qilish organlarining ko‘rsatmalariga to‘liq rioya qilaman. Ular tez orada qaror qabul qilishadi”, deb yozgan Amerika yetakchisi.
“Qaror qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, oqshom rejalashtirilganidek o‘tmaydi va biz shunchaki hammasini qaytadan boshlashimiz kerak bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi u, AQSh maxfiy xizmati va huquqni muhofaza qilish organlarining “ajoyib ishi”ni yuqori baholab.