Tramp Federal qidiruv byurosi uning Mar-a-Lagodagi qarorgohida tintuv o‘tkazgani uchun 1 milliard dollar tovon puli olmoqchiligini aytdi
"Bilasizmi, men bu ish bo‘yicha da’vo arizasi berganman va tez orada uni yutaman. Faqat bitta muammo bor: uni aynan men o‘zim kelishuv bilan yakunlashim kerak. Boshqacha aytganda, men da’vo kiritaman va uni yana o‘zim hal qilaman. Shuning uchun, balki, men o‘zimga bir milliard dollar berarman va barchasini xayriya jamg‘armalariga ajratarman. Mantiqan to‘g‘ri, shunday emasmi?", — dedi AQShning amaldagi prezidenti.