Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj solishga va’da berdi

Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj solishga va’da berdi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrasiya va giyohvand moddalar kontrabandasi tufayli Meksika va Kanadaning barcha tovarlariga 25 foizlik boj joriy etishga va’da berdi.

"20 yanvar kuni mening birinchi farmonlarimdan biri Meksika va Kanadadan AQShga yetkazib beriladigan barcha tovarlarga 25% tarif undirish uchun barcha zarur hujjatlarni imzolash bo‘ladi," - deya uning so‘zlarini keltirmoqda CNN.

Bundan tashqari, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp AQShga giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq Xitoy tovarlariga 10% qo‘shimcha boj joriy qilishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!