Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yaqin maslahatchilari Kemp-Devidda AQShning Eronga nisbatan keyingi harakatlari hamda Saudiya Arabistoni va husiylar o‘rtasidagi mojaro atrofidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Axios uch nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.
Bir necha soat davom etgan yig‘ilish Oq uy tomonidan oldindan e’lon qilinmagan. Unga vise-prezident Jey-Di Vens rahbarlik qilgan.
Uchrashuvda davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff hamda Qo‘shma shtablar qo‘mitasi raisi Den Keyn ishtirok etgan.