Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
AQSh prezidenti 2026 yilda migrantlarga qarshi reydlar ko‘lamini kengaytirish, jumladan, ferma va zavodlarda tekshiruvlar o‘tkazish hamda buni moliyalashtirish hajmini keskin oshirishni rejalashtirmoqda.
"ICE (Immigrasiya va bojxona nazorati xizmati) va Chegara xizmati 2029 yilga kelib migrasiyaga qarshi choralar uchun 170 milliard dollargacha mablag‘ oladi. Ushbu mablag‘lar minglab agentlarni ishga yollash, noqonuniy migrantlatni saqlash markazlarini ochish, qamoqxonalar bilan hamkorlik qilish hamda noqonuniy migrantlarni qidirib topish uchun xususiy kompaniyalarni jalb etishga sarflanadi", deya yozmoqda Reuters.