Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Kubaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Tramp Kubaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Donald Tramp Kuba hukumatiga qarshi sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda Oq uy vakillariga tayanib Reuters xabar berdi.

Yangi cheklovlar Kuba hukumatining xavfsizlik tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar va shaxslar, shuningdek korrupsiya va inson huquqlari buzilishida ishtirok etganlarga qarshi qaratilgan.

Farmonda shuningdek, sanksiyaga tushgan shaxslar bilan bitimlar tuzgan yoki ularga ko‘mak bergan holatlar uchun “ikkilamchi sanksiyalar” joriy etish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Kiritildi: 21:56 01.05.2026. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!