Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp koronavirusga yangi nom topdi

A A A
Tramp koronavirusga yangi nom topdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp koronavirusni "kung-flyu", "Xitoy grippi" yoki "Uxan" deb atashni taklif qildi.

Oq uyning veb-saytida efirga uzatilgan, Arizonada o‘z tarafdorlari oldida qilgan nutqida Tramp COVID-19 nomi g‘alati ekanligini va "odamlar bu nimani anglatishini tushuntira olmaydi", – deb aytdi. Shu bilan birga, u "ba’zi odamlar" kasallikni "Xitoy grippi" deb atashini ta’kidladi.

"Kung-flyu" nomi — Trampning "ixtirosi", Xitoy jang san’ati nomining bir qismi va "gripp" yoki "sovuq"ni anglatadigan so‘z qo‘shilib shakllangan.

Avvalroq, Tramp Xitoy koronavirus tarqalishidagi xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 10:01 24.06.2020. O'qildi: 3051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik