AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z partiyasi — Respublikachilar partiyasi ichida tobora kuchayib borayotgan qarshilikka duch kelmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda respublikachi qonun chiqaruvchilar bir qator masalalarda Oq uy pozisiyasiga qarshi ovoz bermoqda.
Jumladan, respublikachilar Oq uyda ballar zali qurilishi uchun ajratilishi rejalashtirilgan 1 milliard dollarlik mablag‘ni rad etdi va ichki kuzatuvga oid qonun loyihasini to‘sib qo‘ydi. Shuningdek, Vakolatchilar palatasi Trampning pozisiyasiga qaramay, Ukrainaga yordam ko‘rsatish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Kuzatuvchilar fikricha, Kongressdagi bu kabi kelishmovchiliklar Trampning saylovlar arafasidagi muhim tashabbuslariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Respublikachilarning bir qismi esa saylovlar yaqinlashgan sari Oq uydan ko‘ra o‘z saylovchilari manfaatlariga ko‘proq e’tibor qaratayotganini bildirmoqda.