Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp "kommunizmni yengish" ga va’da berdi

A A A
Tramp "kommunizmni yengish" ga va’da berdi

Tramp Lotin Amerikasida "to‘la erkinlik"ka erishish va "kommunizmni mag‘lub etish"ga va’da berdi.

AQSh rahbari bu haqda Oq uyda 1961 yildagi Kubani bosib olish operasiyasi faxriylari oldida so‘zlagan nutqi davomida aytib o‘tdi.

"Mening ma’muriyatim Kuba, Nikaragua va Venesuelaning har bir fuqarosini o‘z erkinliklari uchun kurashishda qo‘llab-quvvatlaydi. Biz ushbu yarim sharning to‘liq ozod bo‘lishiga va bu tarixda birinchi marta sodir bo‘lishiga erishish uchun harakat qilmoqdamiz. Bu ertami-kechmi sodir bo‘ladi", dedi Tramp "Hozir ko‘p narsalar sodir bo‘lmoqda, ammo nima bo‘layotganligini oshkor eta olmayman”, deya ta’kidlagan holda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati "kommunizm va sosializmni yengish niyatida" va bu kurashni, shu jumladan, AQShda ham olib bormoqda. Demokratlarni AQShda sosializmni o‘rnatishga urinishda muntazam ravishda ayblab kelayotgan Tramp "Biz bunga qattiq javob beramiz", deya qo‘shimcha qilmoqda.

Kiritildi: 20:14 24.09.2020. O'qildi: 2015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!