Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Kolumbiya rahbarini “qoradori savdogari” deb atadi

Tramp Kolumbiya rahbarini “qoradori savdogari” deb atadi

Kolumbiya TIV bu bayonotni “hurmatsizlik” deb baholadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiya rahbari Gustavo Petroni “giyohvand moddalar savdogari” deb atadi va uni mamlakatda narkotik ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yganlikda aybladi. Bu haqda AP News va Reuters nashrlari xabar berdi.

Tramp bayonotida Kolumbiyani “giyohvandlik imperiiyasiga aylangan davlat” deb atadi hamda agar u yana hokimiyatga qaytsa, bu mamlakatga nisbatan amaldagi yordam dasturlarini to‘xtatishini va yangi boj to‘lovlarini joriy etishini bildirdi.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro esa bu ayblovlarni keskin rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kolumbiya so‘nggi yillarda giyohvand moddalar ishlab chiqarishni qisqartirish, qishloq joylarda alternativ iqtisodiy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirgan.

Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi ham Trampning bayonotini “hurmatsizlik va davlat suverenitetini buzish” deb baholadi.

Muttaxassislar fikricha, ushbu mojaro AQSh va Kolumbiya o‘rtasidagi an’anaviy hamkorlikka, ayniqsa narkotiklarga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 14:27 25.10.2025. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!