AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy axborot vositalarida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lumot paydo bo‘lganiga aniqlik kiritdi.
Avvalroq, CNN telekanali AQSh rasmiylari Shimoliy Koreya rahbarining sog‘lig‘i yomonlashayotgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
"Menimcha, bu noto‘g‘ri!" deydi Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqidagi savolga javob berar ekan.
«Ryonxap» agentligi xabariga ko‘ra esa Janubiy Koreyada Shimoliy Koreya rahbarining sog‘lig‘i bilan bog‘liq biron bir ma’lumot yo‘q.