Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Kim Chen In bilan uchrashmasligini ma’lum qildi

A A A
Tramp Kim Chen In bilan uchrashmasligini ma’lum qildi

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp, Osiyo bo‘ylab safarga chiqish arafasida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish istagini bildirgan edi, biroq u uchrashuv bo‘lmasligini bildirdi.

"Men Kim Chen Inni juda yaxshi bilaman. Rejalashtirilgan uchrashuv o‘tkazilmaydi, biz shunchaki uchrashuv vaqtini kelisholmadik", — dedi AQSh prezidenti.

Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan shaxsan uchrashgan birinchi AQSh prezidenti bo‘lgan.

Donald Tramp Kim Chen In bilan uch marotaba uchrashgan, ulardan biri ikki Koreya o‘rtasidagi demilitarizasiyalangan hududda o‘tkazilgan. Shuningdek, u Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan birinchi AQSh prezidenti hamdir.

Kiritildi: 22:05 29.10.2025. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik