Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp kelasi hafta Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin

A A A
Tramp kelasi hafta Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan kelasi hafta Nyu-York shahrida uchrashishi mumkin.

Bu haqda “Report” nashri xorijiy OAVga tayanib xabar berdi. Davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlarga bergan ma’lumotida:

“Putin bilan bir necha marta telefon suhbatlari, Zelenskiy bilan esa bir necha uchrashuvlar, jumladan, kelasi hafta Nyu-Yorkda bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi.

Rubioning aytishicha, Tramp bir vaqtning o‘zida ham Ukraina va Yevropa, hamda Rossiya bilan muloqot qila oladigan dunyodagi yagona yetakchi hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, agar AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etsa yoki mojaroni hal qilish jarayonida ishtirok etishdan voz kechsa, “dunyoda vositachi bo‘la oladigan hech kim qolmaydi”.

Kiritildi: 13:58 16.09.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!