Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Kanada bilan barcha savdo muzokaralari yakunlanganini e’lon qildi

Tramp Kanada bilan barcha savdo muzokaralari yakunlanganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bilan barcha savdo muzokaralari tugaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Kanada tomonidan “yolg‘on reklama”dan foydalanilgani bilan bog‘liq.

Tramp aytishicha, mamlakat AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan bojxona to‘lovlari haqida salbiy fikr bildirgan “soxta” reklamalarni qo‘llagan.

“Ronald Reygan jamg‘armasi Kanadada Reygan tariflar haqida salbiy gapirgan yolg‘on reklamalar orqali firibgarlik qilgani haqida xabar berdi”, — deb yozdi Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ida. Uning ta’kidlashicha, bu harakat AQSh Oliy sudi va boshqa sudlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bojxona to‘lovlari mamlakat milliy xavfsizligi va iqtisodiy mustaqilligi uchun katta ahamiyatga ega.
“Bu daxshatli xatti-harakatlar tufayli Kanada bilan barcha savdo muzokaralari to‘xtatildi”, — dedi Tramp.

Kiritildi: 13:04 24.10.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!