Tramp targ‘ibot dasturlari byudjetini 315 million dollarga qisqartirmoqchi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati sobiq prezident Jo Baydenning targ‘ibot dasturlari byudjetini qisqartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda Oq uyning Kongressga yo‘llagan byudjet taklifi loyihasida aytilgan.
Loyihada jurnalistlarga bosim o‘tkazish dasturlari byudjetini 315 million dollarga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Trampning byudjet taklifi ko‘plab idoralarning avvalgi xarajat moddalarini qisqartirishni nazarda tutmoqda. Istisno sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini sog‘lomlashtirish dasturi uchun 0,5 milliard dollar so‘ragan.