Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Jahon iqtisodiy forumida Zelenskiy bilan uchrashmaydi

Tramp Jahon iqtisodiy forumida Zelenskiy bilan uchrashmaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon iqtisodiy forumi (JIF) o‘tayotgan Davosda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmaydi.

Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.

Zelenskiyning o‘zi agar hujjatlar imzolashga tayyor bo‘lsa yoki qo‘shimcha havo mudofaasi bo‘yicha qaror qabul qilinsa, Davosdagi JIFda qatnashishini ma’lum qildi. Biroq, u "Davosdagi jamoadan Ukrainani tiklash bo‘yicha hujjat deyarli yakunlangani haqida signallar kelayotganini" aytdi.

Ukraina prezidenti hozircha Kiyevda qolib, kommunal xizmatlar va energetika kompaniyalarining ishlarini muvofiqlashtirishini aytdi.

Kiritildi: 19:20 20.01.2026. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!