Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Netanyaxunu «ajoyib bosh vazir va jangchi», shuningdek, Eronga qarshi kurashda AQShning eng muhim hamkorlaridan biri deb atadi. So‘nggi so‘rovlar natijalariga ko‘ra, Isroildagi amaldagi hukmron koalisiya parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinlarini yo‘qotish xavfi ostida.
«Bibi Netanyaxu, hatto Isroilning o‘zida ham katta qarshiliklarga duch kelganiga qaramay, kuch, jasorat va yuksak qobiliyatlarni namoyon etdi», — deb yozdi Tramp.
Shuningdek, u bosh vazir almashgan taqdirda, AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyotni mustaqil davom ettirishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Netanyaxu esa AQSh prezidentiga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, «birgalikda missiyamizni oxiriga yetkazamiz», deya ta’kidladi.
BILD manbalariga ko‘ra, Trampning ushbu bayonoti hatto amerikalik diplomatlar uchun ham kutilmagan hol bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, AQSh prezidentining qo‘llab-quvvatlashi Netanyaxu uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Demokratiya instituti (Isroil) tadqiqotiga ko‘ra, saylovchilarning qariyb yarmi partiya tanlashda Vashington bilan munosabatlarni ham hisobga oladi.