AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroni hal etishda vositachilik qilish taklifiga hozircha qiziqish bildirmayapti.
Bu haqda Tramp jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Report" nashri.
“U kechagi suhbatimiz chog‘ida vositachi sifatida yordam berishni taklif qildi. Men esa unga: «Iltimos, avval o‘zingizdagi muammoni hal qiling. Vladimir, keling, avval Rossiya bilan bog‘liq vaziyatni hal qilaylik. Keyin siz Eron bilan kelisha olasiz», — dedim,” — dedi AQSh prezidenti.