Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Ispaniya bilan savdoni to‘xtatishini aytdi

Tramp Ispaniya bilan savdoni to‘xtatishini aytdi

Donald Tramp Madridning Amerika armiyasiga o‘z harbiy bazalarini bermaslik qarori ortidan AQSh Ispaniya bilan barcha savdolarni to‘xtatishi mumkinligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra:
“Biz Ispaniya bilan barcha savdolarni to‘xtatamiz, Ispaniya bilan hech qanday aloqamiz bo‘lishini istamaymiz.”

Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches AQShga Ispaniyadagi harbiy bazalardan Eronga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!