AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini bartaraf etish uchun trillion dollarlarni yo‘q qilishni istamasligini aytdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Jurnalist Trampdan iqlim o‘zgarishlariga ishonish-ishonmasligini so‘ragan.
«O‘ylashimcha, nimadir sodir bo‘lyapti, nimadir o‘zgaryapti, keyin esa ortga o‘zgaryapti. Buning uchun odam javobgarmi yoki yo‘qligini bilmayman», — deb javob bergan Amerika yetakchisi.
Trampning aytishicha, u trillion dollarlarni berishni va millionlab ish o‘rinlarini yo‘qotishni, bunchalik foydasiz holatda qolishni xohlamaydi.
U fan dunyosi tomonidan qilinayotgan iqlim asosan odam faoliyati sababli o‘zgarayotgani va o‘zgarishlar xavfli tus olayotgani haqidagi taxminlariga ishonmaydi. «Olimlarda ham siyosiy kun tartibi bor», — deb ta’kidlagan Tramp.
Manba: daryo.uz