Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp "inflyasiyani yaxshi ko‘rishini" aytdi

Tramp "inflyasiyani yaxshi ko‘rishini" aytdi

Tramp Eron bilan urush fonida narxlar oshib borayotganiga izoh berib, "inflyasiyani yaxshi ko‘rishini" aytdi.

May oyida AQShda iste’mol inflyasiyasi so‘nggi uch yildagi eng tez sur’atda o‘sgani qayd etildi. Jurnalistlar Trampdan bu holat noyabr oyidagi oraliq saylovlar oldidan respublikachilarga zarar yetkazishi mumkinligi haqida so‘radi.

Tramp esa bunga javoban "Men inflyasiyani yaxshi ko‘raman", dedi. Shuningdek, u Eron bilan urush tugashi bilanoq narxlar yana tushishini ta’kidladi.

Prezident yuqori xarajatlar va inflyasiya o‘sishidan xavotirlanib, maxfiy rejaning bajarilishiga ruxsat berganini tushuntirdi. Unga ko‘ra, neft tankerlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali maxfiy ravishda olib o‘tilgan. Tramp o‘z hisob-kitoblari haqida gapirib, mazkur amaliyotni muvaffaqiyatli deb hisoblashini aytdi.

"Urush tugagach, neft narxi avvalgi darajasiga tushganini ko‘rasiz. Narxlar pasaymoqda. Ular toshdek pastga qulaydi", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSh prezidenti Eronga milliy xavfsizlik masalasi sifatida tilga oldi. Ta’kidlash joizki, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ygani sababli Qo‘shma Shtatlarda benzin, o‘g‘it va boshqa tovarlar narxi oshib ketgan. Bu esa inflyasiyani kuchaytirgan.

"Men amerikaliklarning moliyaviy ahvoli haqida o‘ylayotganim yo‘q. Men hech kim haqida o‘ylayotganim yo‘q. Faqat bir narsani o‘ylayapman: biz Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", — degan edi Tramp may oyida.

Kiritildi: Bugun 17:38. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!