Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Unga ko‘ra, federal organlar Twitter, Facebook, Instagram va YouTube kabi yirik ijtimoiy mediya kompaniyalarning o‘z foydalanuvchilari postlarini tahrirlash va o‘chirishlariga yo‘l qo‘ymaydi.

Mazkur qaror bilan federal organlarga Aloqa vositalarida odob-axloq to‘g‘risidagi qonunning 230-bo‘limiga o‘zgartirish kiritish vakolati berilmoqda.

Unga ko‘ra, ijtimoiy media kompaniyalari o‘z platformalarida foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan kontent uchun javob bermaydi, lekin ularga nomaqbul, haqoratli yoki zo‘ravonlikka chorlovchi materiallarni erkin ravishda tahrirlash, o‘chirib tashlash, o‘zgartirish va boshqa choralar ko‘rish vakolati beriladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Twitter, Facebook, Instagram va YouTube kabi kompaniyalar o‘zlarining platformalarida o‘n minglab amerikaliklarning postlarini "nomaqbul" deb belgilamoqda, garchi ular hech qanday qoidalarni buzmayotgan bo‘lsa ham. Bu, Trampning fikricha, senzuraning yaqqol namunasidir.
 

Kiritildi: 09:35 03.06.2020. O'qildi: 1863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!