AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi to‘liq minalardan tozalanganini ma’lum qildi.
"AQSh Harbiy-dengiz kuchlari menga hozirgina Ho‘rmuz bo‘g‘ozining xalqaro suvlaridagi barcha minalar olib tashlangani va/yoki portlatib yo‘q qilinganini ma’lum qildi", — deb yozdi u Truth Social tarmog‘ida.
Tramp, shuningdek, Eron tomoniga ogohlantirish berilganini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar qaysidir kema bo‘g‘ozda yana mina o‘rnatishga urinadigan bo‘lsa, u darhol yo‘q qilinadi.