Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Hindistonni "katta yettilik" sammitiga taklif qildi

Tramp Hindistonni "katta yettilik" sammitiga taklif qildi

Hindiston Bosh Vaziri Narendra Modi AQSh prezidenti Donald Trampning C7 sammitida qatnashish bo‘yicha taklifini qabul qildi, deya xabar berdi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi.

Seshanba kuni Modi bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Tramp C7 sammitiga AQShning raisligi va bu sammit ishtirokchilarini ko‘paytirish haqidagi fikrlarini bayon etgan hamda Hindistonni ham bu yig‘ilishga taklif etgan. Modi bu taklifni qabul qildi va sammitda qatnashishini aytdi.

“Bosh Vazir Hindiston AQSh va boshqa mamlakatlar bilan birga bu sammitda qatnashishidan xursand bo‘lishini aytdi” deyiladi bayotnotda.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp iyunda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan C7 sammitini sentyabrga qoldirganini va sammit ishtirokchilarini ko‘paytirishini aytgandi.

Tramp yana to‘rtta davlatni - Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani bu sammitga taklif qilishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 11:35 05.06.2020. O'qildi: 1822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!