Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Tramp harbiy aralashuv masalasini ko‘rib chiqmoqda..."

"Tramp harbiy aralashuv masalasini ko‘rib chiqmoqda..."

Saudiya Arabistoni aeroportiga husiylar tomonidan uyushtirilgan va qurbonlarga sabab bo‘lgan hujumdan so‘ng, Tramp harbiy aralashuv masalasini ko‘rib chiqmoqda, dkb yozmoqda CNN.

Bloombergning xabar berishicha, Buyuk Britaniya husiylarga qarshi kurashda Saudiya Arabistoniga yordam berishdan bosh tortgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Yaman husiylarining hujumlaridan himoyalanish uchun Pokistondan yordam so‘ragan.

"Ar-Riyod harbiy ittifoqchisi Pokistondan bu masalada yordam so‘ragan va boshqa davlatlardan ham havo mudofaasi uchun zarur vositalarni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Yamandagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijlik harbiylarni jalb qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda", deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Saudiya Arabistonida Yaman husiylarining navbatdagi hujumlarini qaytarish uchun havo hujumidan mudofaa raketalari zaxirasi tugab bormoqda. Mamlakat hukumati havo mudofaa tizimlarini qirollik saroylari va energetika obektlari o‘rtasida qayta taqsimlamoqda.

Kiritildi: 22:18 13.10.2026. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!