Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Google’ni sudga bermoqchi

Tramp Google’ni sudga bermoqchi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp agar u qayta saylansa, Google kompaniyasini javobgarlikka tortishi bilan tahdid qildi.

Trampning fikricha, qidiruv tizimi u haqida faqat “yomon xabarlar”ni, Kamala Harris haqida esa “faqat yaxshi xabar”larni chiqarib beradi, deb yozadi The New York Times.

“Google qidiruv tizimidan Donald Tramp haqida faqat yomon xabarlarni namoyish qilish uchun foydalanmoqda. Ularning ba’zilari shu maqsadda maxsus tuzilgan, shu bilan birga Kamala Xarris haqida faqat yaxshi xabarlar chiqarilyapti”, deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

U, shuningdek, AQSh Adliya vazirligi bunday “saylovga ochiq aralashish” uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishiga umid bildirdi. Donald Tramp agar qayta saylansa, Google kompaniyasiga nisbatan tergov o‘tkazilishini talab qilishini ta’kidladi.

Kompaniyaning o‘zi sobiq prezidentning ayblovlarini rad etdi. Google ma’lum qilishicha, kompaniya o‘z algoritmlarini o‘zgartirmagan va xabarlar qidiruv so‘roviga muvofiq ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 07:05 29.09.2024. O'qildi: 1425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!