Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Google, Facebook va Twitter’ga «tashlandi»

A A A
Tramp Google, Facebook va Twitter’ga «tashlandi»

AQSh prezidenti Donald Tramp yirik texnologiya kompaniyalari faoliyatini tanqid qildi. Ular, davlat rahbarining fikriga ko‘ra, konservatorlar va respublikachilarga nisbatan adolatsizdir. Prezidentning so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.

«Menimcha, Google, Facebook va Twitter... konservatorlar va respublikachilarga nisbatan juda adolatsizdir», - deya aytib o‘tdi Tramp jurnalistlarga Oq uydagi chiqishi vaqtida.

Uning ta’kidlashicha, bunday vaziyat «katta muammo» hisoblanadi, chunki bu kompaniyalar AQShning konservativ qarashlarga ega ko‘plab fuqarolarini «sukut saqlashga majbur qilmoqchi». Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu «noto‘g‘ri», «adolatsiz», va, ehtimol, «noqonuniy».

«Biz shunchaki adolatni xohlaymiz», - deya xulosa qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh bosh prokurorini ishdan haydash fikridan hozircha qaytgandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 12:51 30.08.2018. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik