Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp: G‘azodagi mahbuslar 13 oktyabrda ozod etilishi mumkin

Tramp: G‘azodagi mahbuslar 13 oktyabrda ozod etilishi mumkin

G‘azo sektoridagi mahbuslar 13 oktyabrda ozodlikka chiqarilishi mumkin, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. U bu haqda Falastinning HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi bosqichi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni sharhlar ekan ma’lum qildi.

“Bu faqat G‘azo emas. Bu — Yaqin Sharqda tinchlik sari tashlangan qadam,” — dedi Amerika rahbari.

Tramp mahbuslarni ozod qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi:

“Mahbuslarning ozod etilishi juda muhim voqea. Ular 13 oktyabrda ozodlikka chiqishi mumkin.”

AQSh prezidenti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatni ham eslab o‘tdi va kelishuv natijalaridan hayratda ekanini bildirdi:

“Men Netanyaxuga Isroil dunyoga qarshi tura olmasligini aytdim. U buni tushunadi,” — dedi Tramp.

“Tinchlik kengashi”

Tramp ot ochishni to‘xtatish rejasini amalga oshirish istiqbollari haqida gapirar ekan, shunday dedi:

“Biz odamlarning hamjihatlikda yashashini ko‘ramiz va G‘azo qayta tiklanadi. Bu muammolarni hal qilish uchun ‘Tinchlik kengashi’ deb atalgan tashkilot tuzildi. Aholi himoya qilinadi, mintaqani butunlay yangi voqelik kutmoqda.”

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo “sezilarli darajada xavfsizroq” hududga aylanadi va boshqa davlatlar uni qayta tiklashda yordam beradi.

Avvalroq Donald Tramp Isroil va HAMASning G‘azo bo‘yicha ot ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichini ma’qullaganini ma’lum qilgan edi. Bu reja barcha mahbuslarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini oldindan kelishilgan chiziqqa olib chiqishni o‘z ichiga oladi.

HAMAS ham ot ochishni to‘xtatish kelishuvini rasman tasdiqladi.

G‘azo bo‘yicha kelishuv e’lon qilinganidan oldin Tramp bu hududga tashrif buyurishga tayyorligini aytgan edi:

“Ha, men buni ko‘rib chiqyapman. Hali yakuniy qaror qabul qilinmagan, lekin G‘azoga borishim mumkin,” — dedi u Oq uyda jurnalistlarga.

Sayohat oldidan mahbuslar ozod etilishini kutayapsizmi, degan savolga Tramp shunday javob berdi:

“Men Yaqin Sharqqa mahbuslar ozod etilganidan oldin yoki ko‘p o‘tmay boraman. Biz Yaqin Sharqqa tinchlik olib kelamiz.”

Kiritildi: 15:07 09.10.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!