Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tramp g‘alaba qozonsa, noqonuniy muhojirlar bilan nima bo‘ladi?

A A A
Tramp g‘alaba qozonsa, noqonuniy muhojirlar bilan nima bo‘ladi?

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilishga Milliy gvardiyani, o‘ta og‘ir holatlarda esa armiyani jalb qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Time xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, agar «migrantlar bilan bog‘liq vaziyat nazoratdan chiqib ketsa, u milliy gvardiyadan foydalanishda hech qanday muammoga duch kelmaydi».

Tramp noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish g‘oyasini amalga oshirishda mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

Sobiq prezidentning aytishicha, agar Milliy gvardiya mamlakat ichidagi va chegaradagi noqonuniy muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf eta olmasa, u AQSh Qurolli kuchlarining boshqa bo‘linmalari yordamiga murojaat qiladi.

Kiritildi: 09:45 01.05.2024. O'qildi: 2112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!