AQSh hukumati prezident Donald Trampning ko‘rsatmasiga binoan Falastinga ajratiladigan 200 million dollar yordamni to‘xtatdi, deya xabar bermoqda DW.
AQSh Davlat departamenti mazkur mablag‘ “boshqa ustuvor loyihalar”ga yo‘naltirilishini, “AQSh milliy manfaatlariga muvofiq” sarflanishini ma’lum qilgan.
Davlat departamentining qayd etishicha, yordamni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinishiga G‘azo sektoridagi vaziyat hamda “odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan va gumanitar vaziyat og‘irlashtirayotgan XAMAS” sabab bo‘lgan.
Avvalroq Tramp falastinliklarning Isroil bilan muzokara o‘tkazishni istamasligi tufayli ularga yordamni to‘xtatishni taklif qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvarida AQSh BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi Yaqin Sharq agentligiga badalni qisqartirib, 360 million dollardan 60 million dollarga tushirgan edi.
Manba: azon.uz