Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Yevropaga "sezilarli bojlar" bilan tahdid qildi

Tramp Yevropaga "sezilarli bojlar" bilan tahdid qildi

Tramp AQShning yirik texnologik kompaniyalariga solingan jarimalar sabab Yevropaga "sezilarli bojlar" bilan tahdid qildi.

​Donald Tramp uning ma’muriyati YEI tomonidan AQSh kompaniyalariga ko‘p milliardlik jarimalar solish orqali amalga oshirilayotgan "shilish" amaliyoti yuzasidan Yevroittifoqqa nisbatan surishtiruv boshlashini va’da qildi.

​"Evroittifoq bu kabi noqonuniy va o‘ta noetik xatti-harakati uchun juda qimmat badal to‘laydi, men ularni buning oqibatlaridan bir necha bor ogohlantirgan edim. Barcha jarimalar to‘liq bekor qilinadi va ularga [EI] qarshi qisqa muddatlarda sezilarli bojlar joriy etilishini kutmoqdamiz", — deb yozdi Tramp.

​Trampning so‘zlariga ko‘ra, Google’ga solingan jarimalarning umumiy summasi allaqachon 18 milliard dollardan oshib ketgan. Bundan tashqari, u Apple kompaniyasiga "hech narsa uchun" 15 milliard dollar, Meta’ga uch milliard, Amazon’ga esa 2,5 milliard dollar jarima solinganini eslatib o‘tdi.

Kiritildi: 10:58 25.07.2026. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!