Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Yevropa Ittifoqi avtomobillariga 25% boj joriy etishini e’lon qildi

Tramp Yevropa Ittifoqi avtomobillariga 25% boj joriy etishini e’lon qildi

Donald Tramp kelasi haftadan boshlab Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan yengil va yuk avtomobillariga 25 foizgacha boj joriy etilishini ma’lum qildi. U bu qarorni YEIning AQSh bilan savdo kelishuvlariga “rioya qilmayotgani” bilan izohladi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh hududida ishlab chiqarilgan avtomobillar mazkur tariflardan ozod qilinadi. Shu bilan birga, u mamlakatda 100 milliard dollardan ortiq investisiya hisobiga yangi avtomobil va yuk mashinasi zavodlari qurilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu zavodlar amerikaliklar uchun keng ko‘lamli ish o‘rinlari yaratadi va sanoatni kuchaytiradi.

Avvalroq, AQSh Oliy sudi prezidentning 1977 yilgi qonundan foydalanib tarif joriy etish vakolati cheklanganini bildirgan edi. Mazkur qonun asosan milliy favqulodda holatlarda qo‘llaniladi. Biroq yangi avtomobil tariflari boshqa huquqiy asosga tayanadi va shu sababli ushbu qaror Oliy sudning mazkur hukmiga bog‘liq emas, deya yozadi Financial Times.

Kiritildi: 21:33 01.05.2026. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!