Donald Tramp Eron tomonidan taklif qilingan yangi tinchlik tashabbusini tanqid qildi va unga rozi bo‘lmasligini bildirdi.
Uning aytishicha, ikki tomon o‘rtasida telefon orqali muzokaralar davom etmoqda va Eron kelajakdagi takliflar ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu bilan birga, Tramp Eron tomoni “kelishuvga intilayotganini” ta’kidladi.
Prezident muzokaralar cho‘zilayotganini Eron rahbariyati ichida kelishmovchiliklar mavjudligi bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “ular o‘z rahbarlari kimligini ham aniq belgilay olmayapti”.
Hozirda AQSh va Eron o‘rtasida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilmoqda. Tramp muzokaralar yakunlanmaguncha bu kelishuvni uzaytirgan.
Shu bilan birga, avvalgi muzokaralarda tomonlar to‘liq kelishuvga erisha olmagan. Ayni paytda vaziyat hali ham keskin bo‘lib qolmoqda.