Qo‘shma Shtatlar Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi xalqaro suv yo‘llarini yopib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb bayonot berdi AQSh Prezidenti Donald Tramp.
Tramp bu haqda jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi. Amerika yetakchisi Tehron tomonidan mintaqadagi kema qatnoviga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan cheklovlar haqidagi savolga javob berdi.
«Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz... Agar ular bunday qilishsa, biz buning sodir bo‘lishiga izn bermaymiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Shuningdek, Tramp Eron bilan kelishuvlarga muvaffaqiyatli erishilishi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali to‘liq harakatlanishning zudlik bilan qayta tiklanishini ta’minlashini aytdi.
«Bu avtomatik ravishda ochiladi», — dedi u.