Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Eronni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga tahdid qildi

Tramp Eronni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga tahdid qildi
Shuningdek, Tramp Eronga qarshi “eng kuchli iqtisodiy amaliyot” boshlashini e’lon qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga har qanday ko‘rinishda yordam beradigan davlatlar jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duch kelishini bildirdi. Tramp Eronga moliyaviy tashkilotlar, kompaniyalar, aeroportlar yoki davlat idoralari orqali “har qanday yordam” ko‘rsatgan mamlakatlarga “misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush va sanksiyalar” qo‘llanishini ta’kidladi. U Vashington Tehron bilan urushni yakunlash va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashishni tiklashga urinayotgan bir paytda mamlakatga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirishini ta’kidladi. Biroq AQSh prezidenti qaysi davlatlarga nisbatan qanday choralar ko‘rilishiga aniqlik kiritmadi.
Kiritildi: Bugun 12:24. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!