Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Eronga qo‘shimcha harbiy kema yuborilayotganini e’lon qildi

Tramp Eronga qo‘shimcha harbiy kema yuborilayotganini e’lon qildi

Shuningdek, Tramp Tehronni Vashington bilan bitim tuzishga chaqirdi, deb zabar bermoqda The Jerusalem Post.

AQSh prezidenti chorshanba kuni Ayova shtatida so‘zlagan nutqida 2025 yil iyun oyida Qo‘shma Shtatlar Midnight Hammer amaliyoti orqali Eronning yadroviy quvvatini yo‘q qilganini eslatdi. Uning aytishicha, o‘sha paytda Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga atigi bir oy qolgandi.

"Hozir Eron tomon yana bir ajoyib “armada” suzib ketmoqda. Umid qilamanki, ular kelishuv tuzishadi. Aslida ular birinchi safardayoq kelishuv tuzishlari kerak edi", — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Avvalroq AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi zarba guruhi Erondagi vaziyat sabab Yaqin Sharqqa yetib borgandi. Shuningdek, yaqin kunlarda mintaqa yaqinida THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyasi joylashtirilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Yaqin Sharqda keng ko‘lamli harbiy havo mashg‘ulotlarini boshladi.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!