AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Hormuz bo‘g‘ozini ochish rejasiga shubha bilan qaraydi va Kongressdagi oraliq saylovlardan so‘ng islom respublikasiga qarshi zarbalarni qayta boshlash variantini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Wall Street Journal gazetasi.
"Tramp shaxsiy suhbatlarida Eron uning talablarini bajarishiga shubha qiladi va o‘z xodimlariga bombardimonlar qayta boshlanishi mumkinligini aytgan", - deyiladi nashrda.
Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh rahbari hali yakuniy qaror qabul qilmagan, uning pozisiyasiga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar natijalari ta’sir qilishi mumkin. Bunda ehtimoliy zarbalar ko‘lami oshkor etilmayapti.
Juma kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Tehron vositachilar orqali Vashingtonga Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha yetti kunlik rejani taqdim etganini ma’lum qildi.
Iyun oyi o‘rtalarida tomonlar tinchlik jarayonini boshlash uchun memorandum imzolagan edi. Biroq oradan uch hafta o‘tgach, eskalasiyaning yangi bosqichi boshlanib, zarbalar qayta boshlandi.
Mintaqadagi mojaro avj olishidan oldin, Hormuz bo‘g‘ozi xalqaro energiya savdosining asosiy yo‘nalishlaridan biri edi. U orqali dunyodagi neft va suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining beshdan bir qismi o‘tdi. Hozirda mavjud keskinlik tufayli undan foydalanayotgan tankerlar va gaz tashuvchi kemalar soni bir necha taga kamaydi.