AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga «oxirgi taklif»ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Jerusalem Post gazetasi Yevropa va Amerika manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Trampning Eronga “oxirgi imkoniyat” taklifini taqdim etishi kutilmoqda», — deyiladi nashrda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, agar bunday taklif qilinsa, u Amerika tomonidan belgilab berilgan uranni nolga teng darajada boyitish tamoyiliga asoslanadi.
Gazeta bu taklif Tehronga bir necha kun avval Amerika rahbarining ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan taklifdan yaxshiroq bo‘lishi mumkinligini qayd etadi.
Bundan biroz oldin Tramp Eronning muzokaralarga qiziqish bildirganini aytgan, ammo bu muzokaralarni «juda oldin boshlashlari kerak edi» deb ta’kidlagan. Amerika rahbari qo‘shimcha qildiki, hozircha Eron «urushda g‘alaba qozonmayapti». Shu bois, Oq uy rahbari fikriga ko‘ra, mamlakat «hozirgina suhbatni boshlashi kerak». Kelishuv imzolash imkoniyati mavjud, lekin shartlar har ikki tomon uchun maqbul bo‘lishi kerakligini Tramp ta’kidladi.