AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga oid barcha mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Undan The Wall Street Journal gazetasida noyabr oyidagi Kongress saylovlaridan keyin Tramp Eronga zarbalarni qayta boshlashni ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarni tasdiqlashi mumkinmi, deb so‘raldi.
"Bu ma’lumot anonim manbalardan olingan. Men aytishim mumkinki, prezident dunyo xavfsizligini ta’minlash uchun barcha mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda", dedi diplomat.
Tramp ilgari Eronga zarbalarni qayta boshlash imkoniyatini doimo ko‘rib chiqayotganini aytgan edi.