Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronga 30 milliard dollar ajratish haqidagi xabarlarni rad etdi

Tramp Eronga 30 milliard dollar ajratish haqidagi xabarlarni rad etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy axborot vositalarida tarqalgan Eronga 30 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratilishi haqidagi ma’lumotlarni “yolg‘on va undan oriyat qilish maqsadida tarqatilgan feyk” deb atadi.

Trampning ta’kidlashicha, u bu kabi g‘oya haqida hech qachon eshitmagan va bu ma’lumotlar “feyk yangiliklar” tarqatuvchilari tomonidan o‘ylab topilgan navbatdagi asossiz da’vodir.

«Qaysi feyk yangiliklar tarqatuvchi jurnalist shunday bema’ni gapni o‘ylab topdi: “Prezident Tramp Eronga harbiy maqsadda bo‘lmagan yadroviy ob’ektlar qurilishi uchun 30 milliard dollar berishni xohlayapti”? Men bu axmoqona g‘oyani hech qachon eshitmaganman. Bu — faqat obro‘ni to‘kash uchun tarqatilgan navbatdagi soxta xabar. Bu odamlar aqldan ozgan», — deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq ayrim nashrlar Tramp ma’muriyati Eron bilan yader kelishuv bo‘yicha qaysi bir darajadagi muzokaralarga tayyorlanayotgani haqida taxminlar tarqatgan edi. Ammo bu bayonot ortidan Tramp har qanday moliyaviy yordam yoki kelishuv g‘oyasini rad etdi.

Kiritildi: 17:53 28.06.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!