Qo‘shma Shtatlar Eronda rahbariyatning to‘liq o‘zgarishini istaydi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Eronda hokimiyat tepasiga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
"Biz kelib, vaziyatni to‘g‘irlashni istaymiz. Biz ularning yaxshi rahbari bo‘lishini istaymiz. Bizda yaxshi ish qiladigan bir nechta odamlar bor, deb o‘ylayman", dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh uning ro‘yxatidagi odamlar harbiy operasiya paytida o‘ldirilmasligini ta’minlash uchun choralar ko‘rmoqda. "Ha, biz ularni kuzatib bormoqdamiz", dedi u.