Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Eron yadroviy quroldan voz kechishga rozi

Tramp Eron yadroviy quroldan voz kechishga rozi

Tramp Eron yadroviy quroldan voz kechishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

"Men Ertnda yadroviy qurol bo‘lmasligini aytgandim, ular bunga rozi bo‘ldi. Eronda hech qachon yadroviy qurol bo‘lmaydi", — dedi prezident.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozir AQSh Eron bilan muzokaralar olib bormoqda. U Eron kelishuv tuzishga qiziqayotganini ta’kidlab, mamlakatning harbiy infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rganini hamda flot, aviasiya va aloqa tizimlari yo‘q qilinganini bildirdi.

Shuningdek, u muzokaralarda AQSh tomonidan davlat kotibi Marko Rubio va vise-prezident Jey Di Vens ishtirok etayotganini aytdi, biroq muzokaralarda Eron tomonidan aynan kim qatnashayotganiga aniqlik kiritmadi. Trampning aytishicha, AQSh “to‘g‘ri va kerakli odamlar” bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Kiritildi: Bugun 18:10. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!