AQSh prezidenti bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Oq uy rahbari tomonlar yaxshi bitim tuzishga yaqin ekanini, biroq AQSh uchun eng foydali shartlarga erishish uchun shoshilish niyatida emasligi sababli muzokaralar jarayoni sekin ketayotganini qayd etdi.
"Biz juda yaxshi kelishuvga erishishga yaqinmiz, agar uni imzolashning uddasidan chiqsak, ajoyib ish bo‘lardi. Aks holda, biz shunchaki yana harbiylarimizni ishga solamiz", — dedi Tramp.
Shuningdek, u Eron yadro qurolidan voz kechishga rozi bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Trampning tushuntirishicha, avval Eron tomoni yadro qurolini ishlab chiqmasligini aytgan, biroq uni sotib olish imkoniyati haqidagi savol aniqlashtirilganidan so‘ng, jumla o‘zgartirilgan. Endilikda Eron yadroviy qurolni ishlab chiqmaydi va hech qanday yo‘l bilan uni sotib olmaydi.